Nazorat bahsi. "Surxon" - "Shinnik" 0:2

Aslanov Jasurbek
10 fev 2026
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko'rayotgan "Surxon" Rossiyaning ikkinchi darajali ligasi vakili "Shinnik" bilan nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Nazorat uchrashuvi. Antaliya

"Surxon" (O'zbekiston) - "Shinnik" (Rossiya) - 0:2

Gollar: Stefanovich 41' (0:1), Poroxov 81' (0:2).

"Surxon" jamoasi ushbu bahs orqali yangi mavsum oldidan o'z kamchiliklarini ko'zdan kechirib oldi. Rossiya klubining tajribali futbolchilari har ikkala bo'lim yakunida bittadan gol urib, g'alabani naqd qilishdi. Surxonliklar ushbu o'yin uchun tarkibni sir saqlashga qaror qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Сурхон" матбот хизмати