Modrich Pushkash rekordini yangiladi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2025
Luka Modrich "Real" tarixidagi gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi.
Juma kuni 39 yoshu 116 kunlik yarim himoyachi "Valensiya"ga qarshi LaLiga bahsida (2:1) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Shunday qilib, Modrich Ferenc Pushkashning 1966 yil 17 aprelida "Sporting"ga qarshi Ispaniya Kubogi bahsidagi rekordini yangiladi. O'shanda u 39 yosh 15 kunlik edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mister Chip