YCHL. "Real" "Bavariya" darvozasiga 3 ta gol urib ham keyingi bosqichga chiqa olmadi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2026
Yevropa Chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Madridning "Real" jamoasi Myunxenning "Bavariya" klubi mehmoni bo'ldi. Birinchi o'yinda nemislar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Uchrashuv juda tezkor gol bilan boshlandi. 1-daqiqadayoq madridliklar yarim himoyachisi Arda Gyuler Manuel Noyerning xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Biroq mezbonlar tezkorlik bilan javob qaytarishdi - 6-daqiqada Aleksandar Pavlovich muvozanatni tikladi.

29-daqiqada Arda Gyuler jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, "qirollik klubi"ni yana oldinga olib chiqdi. Ammo "Bavariya" taslim bo'lmadi: 38-daqiqada Garri Keyn hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirgan bo'lsa, 42-daqiqada Kilian Mbappe "Real"ning uchinchi golini urdi va mehmonlar tanaffusga ustunlik bilan chiqib kyetishdi.

Ikkinchi bo'limning oxirgi daqiqalari esa haqiqiy drama aylandi. 86-daqiqada "qaymoqranglilar" vakili Eduardu Kamavinga maydondan chetlatildi. Son jihatdan ustunlikka ega bo'lgan "Bavariya" bosimni oshirdi va 89-daqiqada Luis Dias hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvga qo'shib berilgan 90+4-daqiqada esa Maykl Olise g'alaba golini kiritib, "Arena Myunxen"ni larzaga keltirdi - 4:3!

Shu tariqa, ikki o'yin natijasiga ko'ra (2:1, 4:3) Myunxenning "Bavariya" jamoasi yarim finalga yo'l oldi. Arbeloa shogirdlari uchun esa joriy mavsumdagi YCHL yurishi chorak finalda to'xtadi. "Bavariya" yarim finalda PSJ jamoasi bilan kuch sinashadi.

"Bavariya" - “Real Madrid” 4:3

Gollar: Pavlovich 6, Keyn 38, Dias 89, Olise 90+5 - Gyuler 1, Gyuler 29, Mbappe 42.

"Bavariya": 1. Noyer, 2. Upamekano, 4. Ta, 6. Kimmix, 7. Gnabri, 9. Keyn, 14. Luis Dias, 17. Olise, 27. Laymer, 44. Stanishich, 45. Pavlovich.

Zaxira: Urbig, Preskott, Minje, Gorecka, Musiala, Jekson, Devis, Ito, Gerreyru.

"Real Madrid": 13. Lunin, 12. Trent, 3. E. Militao, 22. Ryudiger, 23. F. Mendi, 21. Brahim, 5. Bellingem, 8. Valverde (S), 15. Arda Gyuler, 10. Mbappe, 7. Vini Jr.

Zaxira: Fran Gonsales, Xavi Navarro, Karvaxal, Alaba, Kamavinga, Gonsalo, A. Karreras, D. Sebalos, Fran Garsiya, Huysen, Mastantuono, Tiago.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia