Arbeloa: "Hakam o'yinni buzdi"

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob o'yinida "Bavariya"dan (3:4) mag'lub bo'lgandan keyin jamoa yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing chiqarib yuborilishini sharhladi.

86-daqiqada "Real" o'n kishi bo'lib qoldi - Eduardo Kamavinga Xarri Keynga qarshi o'z maydonida qoida buzgani va hakamning hushtagidan keyin to'pni qaytarmaganligi uchun maydondan chetlatildi.

"Hakam o'yinni buzdi. Bunday harakat uchun o'yinchini chiqarib yuborish mumkin emas!" - dedi Arbeloa.

Ikki o'yin yakuni bo'yicha madridliklar myunxenliklarga umumiy hisobda 6:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.


Manba: Marca