

Bu haqda futbolchi Santyago Ximenes ma'lum qildi.
"Biz kiyinish xonasiga kirganimizda, har bir futbolchining o'rindig'ida iPhone bor edi. Barcha telefonlarni Luka Modrich sotib olgan. Odatda yangi o'yinchilar jamoa oldida qo'shiq kuylashlari kerak, lekin Modrich buni sovg'a bilan almashtirishga qaror qildi - u shunchaki hammaga telefon xarid qildi", – dedi Ximenes.

Luka Modrich yozda "Milan"ga qo'shildi. Bungacha u 13 yil davomida "Real" safida o'ynagan va o'ynagan har bir musobaqada sovrinlarni qo'lga kiritgan.



