"Milan" va "Yuventus" "Arsenal"ning 30-35 million evrolik hujumchisiga qiziqmoqda

"Milan" va "Yuventus" "Arsenal"ning 29 yoshli hujumchisi Gabriel Jezusga qiziqish bildirmoqda.

Klublar braziliyalik futbolchining atrofidagilar bilan aloqa o'rnatgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur Sports Boom uchun xabar bergan.

Manbaga ko'ra, "kanonirlar" Jezusni 30-35 million evro evaziga sotishga tayyor. "Arsenal" bu pulni yangi hujumchi sotib olishga sarflashni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Jezus barcha turnirlarda 22 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. O'yinchi bilan shartnoma 2027 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evro.


Manba: Sports Boom