Mircha Luchesku faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2023
Ruminiyalik allaqachon 78 yoshda.

Kievning "Dinamo” klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku “Shaxtyor”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) bu uning faoliyatidagi so'nggi o'yin bo'lganini aytdi. 

"Hamma narsaning oxiri bo'ladi. Ukraina futboliga 15 yilllik umrimni sarfladim, "Shaxtyor"ga qarshi o'yin "Dinamo" bosh murabbiy sifatidagi so'nggi o'yinim edi", – dedi 78 yoshli ruminiyalik mutaxassis.

Mircha Lucheskuning murabbiylik faoliyati 80-yillarda boshlangan. 2004 yildan beri u Ukrainaning turli jamoalarida ishladi. 12 yil davomida Doneckning "Shaxtyor" klubini boshqarib, uni Ukraina chempionati gegemoniga aylantirdi, uni bir necha bor Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga olib chiqdi va 2009 yilda UEFA Kubogini yutdi. 2020 yilning yozidan u Kievning "Dinamo"siga ustozlik qila boshladi va 2021 yilda UPLda g'olib chiqdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Digi Sport