"Milan" "Marsel" himoyachisini ijaraga olmoqchi

Alisher
11 iyun 2021
"Marsel" himoyachisi Bubakar Kamara faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Milan" 21 yoshli fransiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Milan klubi Kamarani xarid qilish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi.

O'yinchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Oldinroq xabar berilganidek, o'yinchiga "Barselona" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

Kamara 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport