Mbappe "Evroning eng tezkor futbolchisi" unvonini qaytarib oldi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2024, 16:19
Yevropa chempionatining chorak finali natijalariga ko'ra Fransiya terma jamoasi hujumchisi Killian Mbappe turnirda eng yuqori tezlikni ko'rsatgan futbolchi hisoblanadi.

"Real" hujumchisi Portugaliya bilan o'yinda soatiga 36,5 kilometr tezlikka erishdi. 



Ispaniyalik Ferran Torres musobaqaning ikkinchi sprinteriga aylanib olgan bo'lsa (36,0 km/s), sloveniyalik Benyamin Sheshko uchinchi pog'onaga joylashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com