Mbappe Joze Mourinyuning "Real"ga qaytishi haqidagi postga "layk" bosdi

Aslanov Jasurbek
22 apr 2026, 18:32
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda Joze Mourinyuning "qirollik klubi"ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirdi.

Bu haqda "Score90" instagram sahifasi ma'lum qildi.

Avvalroq, hozirda "Benfika"ni boshqarayotgan 63 yoshli portugaliyalik mutaxassis yana Madridga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mourinyu nomzodi Florentino Peresning yaqin atrofidagi insonlar tomonidan muhokama qilinmoqda.

Instagramdagi "score90" akkaunti qiziqarli kollaj e'lon qildi: unda Mourinyu 2012 yilda Krishtianu Ronaldu va Mesut Ozil bilan, 2026 yilda esa Mbappe va Arda Gyuler bilan tasvirlangan.

"O'z vaqtida Joze Krishtianu Ronalduning mahsuldorligini elita darajasidan afsonaviy darajaga olib chiqqan edi. Kilian Mbappe bilan ham shunday transformaciyani ko'ra olamizmi? Nima deb o'ylaysiz, "The Special One"ning "Real"ga qaytish imkoniyati bormi va u hozirgi jamoa uchun mos murabbiymi?" - deyiladi post tavsifida.

Kilian Mbappe esa ushbu postga "layk" bosdi. Bu harakat Madridda yangi murabbiy borasidagi muhokamalarni yanada alangalatib yubordi. Ko'pchilik buni Mbappening portugaliyalik mutaxassis bilan ishlash istagi sifatida talqin qilmoqda.

image_2026-04-22_18-32-46.png


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Score90