

Jami 200 dona soat sotuvga chiqariladi. Har birining narxi 29 400 evro.
Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, soat korpusi 18 karatlik King Gold oltin va oq keramikadan tayyorlangan. Kollekciya Mbappening kattalar darajasidagi ilk goliga 10 yil to'lishiga bag'ishlangan.
Joriy mavsumda hujumchi klub safida barcha turnirlarda 39 o'yin o'tkazib, 40 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 200 million evro.
