

Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va jarohat jiddiy bo'lib chiqdi. Shu sababli futbolchi joriy mavsum boshqa La Liga bahslarida maydonga tushmaydi va yozda bo'lib o'tadigan JCHga maksimal tayyorgarlik olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Mbappe o'tgan tur "Betis"ga qarshi uchrashuvning 81-daqiqasida zaxiraga olingandi.
Joriy mavsum Mbappe La Ligada 28 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 24 ta gol va 4 ta assist bor.



