Marko Roys ota bo'ldi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys ota bo'ldi.

Futbolchining xotini Skarlet Xartmann qiz dunyoga keltirdi. Roys va Xartmann 2015 yildan beri birga.

"Dunyoga xush kelibsan, malikam" - deb yozdi Roys "Instagram"ga yuklagan surati ostiga.


Eslatib o'tamiz, Roys farzandi tug'ilishi tufayli "Volfsburg"ga qarshi Bundesliganing 27-tur o'yinini o'tkazib yubordi. "Signal Iduna Park"da bo'lgan uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Bundesliga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/marcinho11