Ter Shtegen mashg'ulotlarga qaytdi

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2025
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen mashg'ulotlarga qaytdi.

Ushbu holatga germaniyalik kiper o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat ham bildirdi.

"Har bir qaytish kichik g'alabalardan boshlanadi. Ma'lum vaqtdan keyin yana butsi va qo'lqoplardan foydalana olayotganimdan xuorsandman!"

Avvalroq, kiper may oyida maydonga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca