Mareska "Chelsi" hujumchisi jiddiy jarohat olganini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
8 dek 2025, 12:27
"Chelsi" hujumchisi Liam Delap Premer-liganing 15-turidan o'rin olgan "Bornmut"ga qarshi (0:0) o'yinda elkasidan jiddiy jarohat oldi.

"Chelsi" hujumchisi 32-daqiqada burchak zarbasi paytidagi to'qnashuvda jarohatga yo'liqdi.

Jamoa bosh murabbiyi Enco Mareska BBC'ga bergan intervyusida hujumchining jarohati jiddiyligini ma'lum qildi.

"Afsuski, u oldin ham jarohat tufayli ikki oyni o'tkazib yuborgandi va endi yana safdan chiqdi. Qancha vaqt bizga yordam berolmasligini hali bilmaymiz, lekin u elkasidan jiddiy jarohat orttirib oldi. U omadsiz. Biz ham biroz omadsizmiz, chunki bizga u kabi to'qqizlik futbolchi juda zarur", – dedi Mareska.

Bu Delapning ushbu mavsumdagi ikkinchi jarohati - u tizzaosti payi jarohati tufayli uzoq vaqt o'ynolmagandi.

Shuni takidlash kerakki, Liam 2025 yilning yozida "Ipsvich"dan 40 million evro evaziga xarid qilingandi. 22 yoshli hujumchi jami 11 o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC