APL. "Chelsi" darvozaga 21 ta zarba bergan o'yinda "Manchester Yunayted"ga mag'lub bo'ldi

APLning 33-turi doirasidagi markaziy uchrashuv yakunlandi.

APL. "Chelsi" - "Manchester Yunayted" 0:1

Gollar: 43 - Mateus Kunya

"Chelsi": 1. Robert Sanches, 29. Uesli Fofana (23. Trevo Chaloba, 81’), 21. Yorrel Xato, 3. Mark Kukurelya, 27. Malo Gusto (34. Josh Achimpong, 81’), 25. Moyses Kaysedo, 10. Koul Palmer, 8. Enco Fernandes (45. Romeo Lavia, 88’), 7. Pedru Netu, 41. Estevao (49. Alexandro Garnacho, 16’), 9. Liam Delap.

Zaxira: 28. Teddi Sherman-Lou, 4. Tosin Adarabioyo, 17. Andrey Santos, 14. Dariu Esugu, 38. Mark Giu.

"Manchester Yunayted": 31. Senne Lammens, 26. Eyden Xeven, 23. Lyuk Shou, 2. Diogu Dalo, 3. Nussayr Mazraui, 18. Kazemiro, 8. Brunu Fernandesh, 37. Kobbi Maynu, 10. Mateus Kunya (7. Meyson Maunt, 81’), 19. Brayan Mbemo (11. Joshua Zirkzee, 87’), 30. Benyamin Sheshko (16. Amad Diallo, 80’).

Zaxira: 1. Altay Bayindir, 12. Tirell Malasia, 39. Tayler Fletcher, 25. Manuel Ugarte, 61. Shi Leysi, 77. Jim Tveyts.

Ogohlantirishlar: 25 - Mateus Kunya, 39 - Yorrel Xato, 90+1 - Meyson Maunt, 90+4 - Kobbi Maynu

🏥 Uchrashuvdan keyingi statistika:

To'p nazorati - 60% - 40%

Darvoza tomon zarbalar - 21 - 4

Aniq zarbalar - 3 - 1

Burchak zarbalar - 7 - 1

Uzatmalar aniqligi - 89% - 84%

Seyvlar - 1 - 4

⚽ 90+6. O'yin yakunlandi. 

90+4. “Chelsi” ikki marta jarima zarbasiga ega bo'ldi, ulardan unumli foydalanolmadi. 

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

84. Kaysedoning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq bo'ldi…

82. Har ikki jamoada ham hozir ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi. Kuzatamiz.

80. O'yin asosiy vaqtinining so'nggi dekadasiga kelib MYU o'zgarishlar qilishni boshladi.

79. Mbemo o'ziga uzatib berilgan to'p bilan oldinga yurdi, biroq raqibini aldab o'tolmay, to'pni oldirdi. Yaxshi vaziyat ko'rishimiz mumkin edi.

76. MYU jarima maydonchasi ichida londonliklar vakillari qator zarbalar berishdi, ammo ularning hech biri darvozagacha aniq bormadi.

72. Netuning zarbasi rekoshetga uchradi, to'p maydondan tashqariga chiqib ketdi.

71. Palmerning jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli” devordan o'tmadi.

70. “Chelsi” ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda, jamoa golga yaqin kelib qoldi.

67. Yana darvoza to'sini! Bu safar bosh bilan zarbani Fofana berdi, ammo aniq bo'lmadi…

66. Navbatdagi zarba Netudan, bu safar ham rekoshet bo'lib, to'p maydonni tark etdi.

64. Zo'r vaziyat MYUda! Sheshko oldinga yurish qilib to'pni Brunuga uzatdi, u Kazemiroga uzatmoqchi bo'ldi, to'p “Chelsi” futbolchisiga tegib sal qolsa darvozaga kyetishi mumkin edi…

62. Palmer jarima maydonchasi ichida zarba berdi, biroz noaniq bo'ldi.

56. Delap havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi…

52. Bir daqiqaning o'zida ikkala tomonda ham hujum: Brunu oldinga yurish qilib, darvoza tomon zarba berdi, ammo noaniq.

52. Kaysedoning zarbasi raqib futbolchisiga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va maydondan tashqariga chiqib ketdi.

51. Bo'lim o'yin boshidagi kabi boshlandi, “Chelsi” faol, MYU qarshi hujumda poylayapti.

🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

🏥 Birinchi bo'limdan keyingi statistika:

To'p nazorati - 57% - 43%

Darvoza tomon zarbalar - 6 - 2

Aniq zarbalar - 2 - 1

Burchak zarbalar - 2 - 0

Uzatmalar aniqligi - 88% - 86%

Darvozabonlar seyvlar - 0 - 2

🕘 45+5. O'yinning dastlabki bo'limi yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. Qiziqarli bahs, ko'proq xavfli vaziyat mezbonlarda bo'lib, golni mehmonlar urib ketdi. “Chelsi” nima qiladi buyog'iga, ko'ramiz.

gettyimages-2271411375-2048x2048.jpg

⚽️ 43. GOL! Kunya hisobni ochdi! Brunu Fernandeshning shedevr uzatmasidan so'ng Mateus aniq zarba berib, gol urdi!

41. Endi Fofana to'qnashuvda ishtirok etgach og'riq sezib, maydonda yotibdi. Agar u ham o'ynolmaydigan bo'lsa, bir bo'limning o'zida ikkita majburiy o'zgarish bo'ladi londonliklarda.

38. GOL! Enco uzoqdan zarba berdi, to'pni MYU darvozaboni qaytardi, uni Palmer uzatmasidan so'ng Delap darvozaga kiritdi, biroq bu vaziyatda ikki futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lgan ekan…

33. Yana Fernandesda imkoniyat! MYU vakillarining xatosidan so'ng Enco yaqin masofadan darvozaga zarba berdi, ammo noaniq…

30. Enco Fernandes darvozagacha chamasi 18-19 metrlar masofada belgilangan jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo “jonli devor”dan o'tmadi.

25. Qarshi hujum MYUdan. Brunu Mbemoni oldinga boshladi, uning markazroqqa uzatmasi Kunyaga yetib bordi, to'pni uzoqlashtirib yubordi va “Chelsi” futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

20. Yaxshi tempda o'tmoqda o'yin, xavfli vaziyatlar ko'p bo'lmasa-da, ikki jamoa ham ancha faol.

🏥 15. Estevao jarohat olgan shekilli, uning o'rniga zaxiradan o'yinga qo'shilishga Garnacho tayyorlanmoqda.

11. Yaxshi zarba bo'ldi Estevaodan, ammo noaniq bo'ldi biroz…

11. Holat VAR orqali ko'rib chiqildi, barchasi joyida, o'yin davom etadi.

10. Palmer “Man Yunayted” jarima maydonchasiga kiraverishda yiqildi, ammo bosh hakam hujumchini yiqitilmadi, deb topdi.

5. Dastlabki daqiqalarda manchesterliklar faollik ko'rsatmoqda.

🕛 1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning 33-turi doirasidagi "Chelsi" – "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!


Manba: championat.asia