Loris Londonda qoladimi?

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris jamoada qoladigan bo'ldi.

"Shporlar" futbolchini APL qaydnomasiga kiritdi.

Fransiyalik futbolchi London klubidan ketmoqchi edi va jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmagandi, ammo faoliyatini davom ettirish uchun jamoa topa olmadi. 

Yozda futbolchi "Lacio" va "Nyukasl"dan kelgan takliflarni rad etgandi.

Hozirda "Tottenxem"ning asosiy darvozaboni Gulelmo Vikario hisoblanadi. Joriy mavsumda uning hisobida 4 ta o'yin, 4 ta o'tkazib yuborilgan gol va 16 ta seyv bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail