Kabak "Liverpul"dan ketadi

Alisher
26 may 2021, 10:30
Himoyachi Ozan Kabak kelasi mavsum "Liverpul"da qolmaydi.

Futbolchi ayni damda "Liverpul"da "Shalke"dan ijara asosida o'ynamoqda. Shunday ekan u mavsum yakuniga ko'ra, Bundesligadan tushib ketgan klubiga qaytadi.

"Liverpul" o'yinchini 18 million evroga xarid qilish huquqidan foydalanmadi. O'yinchiga bir nechta klublar qiziqmoqda.

21 yoshli turkiyalik futbolchi o'tgan mavsum "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano