"Liverpul" - 60 ta turli stadionda g'alaba qozongan APL tarixidagi birinchi jamoa

Sherzod Nurmatov
20 apr 2026, 18:00
"Liverpul" Angliya chempionati 33-turida safarda "Everton"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

O'yin "Xill Dikinson" stadionida bo'lib o'tdi.

"Squawka" ma'lumotlariga ko'ra, mersisaydliklar APL tarixida musobaqada 60 ta turli stadionda g'alaba qozongan ilk jamoa bo'ldi.

"Liverpul" 55 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 5-o'rinda, "Everton" esa 47 ochko bilan 10-pog'onada bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Squawka