

"Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Trafford Angliya Premer-ligasining oltita klubi e'tiborini tortdi.
Avvalroq, Janluiji Donnarummaning 23 yoshli o'rinbosari muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun bir mavsumdan so'ng klubini o'zgartirishga tayyor ekani xabar qilingan edi.
Goal nashrining xabariga ko'ra, "Liverpul", "Chelsi", "Tottenhem", "Nyukasl" va "Aston Villa" Jeyms bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
Trafford barcha musobaqalarda 14 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 10 ta gol o'tkazib yubordi (shundan atigi 3 tasi APLda). U 7 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va klub bilan Angliya Liga kubogini qo'lga kiritdi.



