Ferran Torres Ispaniya terma jamoasidagi 23-golini urdi va Ramos hamda Di Stefanoga yetib oldi

Alisher Ostonov
16 noya 2025
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres terma jamoa safidagi 23-golini kiritdi.

Hujumchi JCH-2026 saralashida Gruziyaga qarshi o'yinda (4:0) gol urdi. Torres Ispaniya terma jamoasi safida 52-o'yinini o'tkazdi.

Gollar soni bo'yicha u tarixda 9-o'ringa ko'tarildi va hujumchi Alfredo Di Stefano bilan birga himoyachi Serxio Ramosga yetib oldi. To'purarlar ro'yxatida 8-o'rinda Emilio Butrageno bormoqda - 26 gol. Rekord esa David Villega tegishli - 59 ta to'p.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia