

APLning 5-turida "Manchester Yunayted" maydoniga safar uyushtirgan londonliklarning kiperi Robert Sanches qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
"Sanches uzoq vaqt davomida juda yaxshi saviya namoyish qildi. O'tgan mavsum oxirlaridan ushbu mavsum startigacha ajoyib holatda bo'ldi.
MYUga qarshi o'yinda u xatolikka yo'l qo'ydi va buni tan oldi. Oldin ham aytganman, darvozabon va yarim himoyachining xatosi bir xil.
Robertdan mamnunmiz, Filipp Yorgensendan mamnunmiz. Robert bilan muammolar yo'q", - dedi Mareska.



