Darvin Nunes "Liverpul"dan xafa

Omonjon To`xtamirzayev
11 mar 2025, 18:20
Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes "Liverpul"dagi rolidan hafsalasi pir bo'ldi.

Hujumchi yozda jamoani tark etishga tayyor. Qayd etilishicha, lotin amerikalik futbolchiga allaqachon boshqa klublardan ko'plab takliflar bo'lgan. Darvin joriy mavsum "qizillar" safida APLda 23 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.

"Liverpul" urugvaylikni 2022 yilda o'z safiga qo'shib olgandi. Hujumchining inglizlar bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt Darvin Nunesni 65 mln evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ESPN Argentina