"Brayton" xavbeki jamoadan chetlatildi

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2023
"Brayton" yarim himoyachisi Leandro Trossard hozircha jamoa safidan chiqarildi. Bu haqda "chaykalar" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi aytib o'tdi.

"Men unga uning ishga munosabati yoqmayotganini aytdim. Oxirgi o'yin oldidan mashg'ulotlarda o'ynamasligini tushungach, menga hech narsa demay kyetib yubordi. U jamoasini o'zgartirmoqchimi? Bu mening muammom emas", – dedi mutaxassis "Eurofoot"ga.

Oldinroq Trossard Pottyerdan keyin "Chelsi"ga o'tishga shaylanayotgani aytilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Eurofoot