“Borussiya D” sobiq futbolchisi Erkinovning jamoadoshiga aylandi

Eldor Akmurzayev
31 avg 2022, 10:00
AEKni tark etgan Damen Le Tallek faoliyatini “Torpedo”da davom ettiradi.

Shartnoma qancha muddatga mo'ljallangani ochiqlanmagan. Fransiyalik yarim himoyachida Rossiya pasporti bor va u legioner hisoblanmaydi. 32 yoshli xavbek yangi jamoasida 21-raqam ostida harakat qiladi.

Le Tallek “Gavr” va “Renn” akademiyasida tarbiyalangan. U “Borussiya D”, “Nant”, “Goverla”, “Mordaviya”, “Crvena zvezda”, “Monpele” kabi jamoalar sharafini himoya qilib, umumiy ikkita titul qo'lga kiritgan – Germaniya chempionligi va Superkubogi hamda Serbiya chempionligi (2 marta).

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoada Xojimat Erkinov ham harakat qiladi. “Avtozavodchilar” RPL 7 turidan keyin 1 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia