Beyl: "Tottenxem" qarg'ishdan qutuldi"

Mirjalol Normatov
22 may 2025
"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl "shporlar" qarg'ishdan qutuldi deb hisoblaydi.

Kecha "Tottenxem" Yevropa ligasi finalida "Manchester Yunayted"ni mag'lub qilib, 17 yil deganda ilk sovriniga ega chiqdi.

"Endi klub qarg'ishdan qutuldi. Umid qilamanki, endi klub o'zining muvaffaqiyatlarini oshira oladi. Bu klub uchun juda zo'r holat, klubdagilar buni uzoq yillar kutishdi.

Endi Postekoglu qita sovrinini qo'lga kiritgan afsonaviy murabbiylar qatoriga kiradi. YCHLga chiqish orqali klubda endi tarkibni kuchaytirish va tezroq rivojlanish uchun imkoniyat paydo bo'ladi", - dedi Beyl.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal