Bayer "Bayer" qiziqishiga sabab bo'lmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
27 mar 2024, 12:50
"Bayer" short-listida "Xoffenxaym" hujumchisi Maksimilian Bayerni ko'rish mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, leverkuzenliklar futbolchining transfer narxi ancha qimmat bo'lishini tushunib turishibdi. Bayerning shartnomasidagi tovon puli 30 mln evroni tashkil etishidan tashqari, sportchi maoshi va "Bayer" bilan shartnoma imzolashi uchun ko'tarma puli qo'shiladi. 

Ma'lum bo'lishicha, "Bayer" forvardni Adam Glojekka ehtimoliy o'rinbosar yoki uni Viktor Boniface bo'yicha rad etib bo'lmaydigan taklif tushib, u sotib yuborilgan taqdirda, jamoa hujumini kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko'rmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Флориан Плеттенберг