"Liverpul” Tillman bilan shartnoma imzolamoqchi

Angliyaning "Liverpul” klubi 23 yoshli amerikalik yarim himoyachi Malik Tillman bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

Manbalarning takidlashicha, mersisaydliklar futbolchi uchun 60 mln funt to'lashga tayyor. Qayd etilishicha, Tillmanning o'zi APLga o'tishdan ruhlangan va "Liverpul” bilan shartnoma imzolashni kutmoqda.

Tillman 2025 yilda PSVdan “Bayer”ga o'tgandi. Bu mavsumda futbolchi klub safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.


Manba: Sports Boom