

"La Gazzetta dello Sport" ma'lumotiga ko'ra, turinliklar ayni damda yozda jamoadan ketadigan Mikele Di Gregorio o'rniga darvozabon qidirmoqda va aynan braziliyalik kiperning nomzodi ko'proq qo'llab-quvvatlanyapti.
Qayd etilishicha, "Yuventus" Alissonning yaqinlari bilan aloqa o'rnatgan va hozircha munosabatlar yaxshi ketmoqda. Futbolchining o'zi bunga qadar "Roma"da Luchano Spalletti qo'l ostida o'ynagan va shu sababli A Seriyaga qaytishga qarshi emas.
Alisson ushbu mavsumda APLning 25 o'yinida qatnashib, 30 gol o'tkazib yubordi. Uning klub bilan kelishuvi 2027 yil yoziga qadar davom etadi.



