"Bavariya"da darvozabonlar qolmadi - barchasi jarohatlangan

Sherzod Nurmatov
16 mar 2026
Shanba kuni "Bavariya" mehmonda "Bayer"ga bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Myunxenliklarning uchinchi darvozaboni Sven Ulrayx Leverkuzenda jarohat oldi. 37 yoshli futbolchi uchun bu mavsumdagi birinchi uchrashuv edi.

"Bavariya" Ulrayxda o'ng oyoqdagi o'ng yaqinlashtiruvchi mushak payining uzilishi aniqlandi, uning tiklanish muddati ochiqlanmadi.

Bundan avval asosiy darvozabon Manuel Noyer jarohat olgandi. Keyinchalik jamoaning ikkinchi darvozaboni Yonas Urbigda miya chayqalishi aniqlandi va u ham shifoxonaga yuborildi.

Endilikda 18 martdagi Chempionlar Ligasi uchrashuvida "Atalanta"ga qarshi kim o'ynaydi? Asosiy jamoada hali o'ynamagan 19 yoshli Leon Klanac ham uzoq vaqtdan beri jarohatda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: br.de