Deku "Barselona" Bundesliga yulduzlaridan biriga qiziqishi bildirganini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026
"Bayer" bilan shartnomasi tugashi arafasida himoyachi Jonatan Taga talab katta edi.

U uchun turli top-klublar kurash olib borgan, ular orasida "Barselona" ham bor edi. Kataloniya klubining sport direktori Deku bu qiziqishni tasdiqladi.

Mansabdorning "Diario Sport"ga bergan intervyusida aytishicha, shartnoma imzolashga juda yaqin bo'lingan, muzokaralar yaxshi kechgan. Ammo, ma'lumki, u "Barselona" o'rniga "Bavariya"ni tanladi.

"Juda oldinga siljigan ish edi… Jonatan Ta bo'yicha muzokaralarda kelishuvga erishishga juda yaqinlashilgan, lekin oxir-oqibat transfer amalga oshmadi", – dedi Deku.

Endi esa "Barselona" markaziy himoyachi poziciyasi uchun ustuvor transfer sifatida "Tottenxem" futbolchisi Kristian Romeroni belgilab oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport