Aziz Asimov Tailandga boradi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2018, 12:16
Shu yilning 23 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasining dastlabki bosqichidan o'rin olgan Tailandning "Muangtong Yunayted" hamda Malayziyaning "Johor Dorul Tazim" jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi.

Mazkur o'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. FIFA referisi Aziz Asimov uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlasa, unga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam berishadi. To'rtinchi hakam sifatida Sherzod Qosimov tayinlangan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com