"Ayntraxt" Bellingemga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
19 may 2025
Frankfurt klubi Jud Bellingemning ukasi, "Sanderlend"ning 19 yoshli futbolchisi Job Bellingemni tarkibida ko'rmoqchi.

Manbaga ko'ra, "Ayntraxt" Job atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va Chempionlar Ligasida ishtirok etish oldidan unga shartnoma taklif qilmoqchi.

Job joriy mavsum "Sanderlend" tarkibida 42 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/plettigoal