Zidan diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026
Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) Afrika Millatlari Kubogi chorak finalidan keyin yuzaga kelgan keskin hodisada ishtirok etgani uchun darvozabon Luka Zidanni 2 o'yinga diskvalifikaciya qilganini tasdiqladi.

O'sha bahsda Nigeriya Jazoirni 2:0 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi. Final hushtagi chalingandan keyin maydonda keskinlik avj oldi va bahs tortishuvli holat bilan yakunlandi.

Jazoir terma jamoasi darvozaboni, futbol afsonasi Zinedin Zidanning o'g'li Luka to'qnashuvga aralashib, Nigeriya termasi yarim himoyachisi Rafael Onedikani turtib yubordi.

Hisobotlar va videodalillar o'rganilgandan so'ng CAF Zidanning harakati intizom qoidalariga zid ekanini aniqladi. Boshqaruv organi diskvalifikaciya 2027 yilgi Afrika Millatlari Kubogi saralash o'yinlari davomida o'talishini ma'lum qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN