Xolandning vakillari Kataloniyadan so'ng Madridga uchib keldi

Eldor Akmurzayev
1 apr 2021, 21:15
“Borussiya D” forvardi Erling Xolandning agenti Mino Rayola “Barselona”dan keying shaxsiy reys bilan Madridga uchib keldi.

Jurnalist Fabricio Romano xabar berishicha, Rayola va Erlingning otasi Alf-Inge Xoland “Real” vakillari bilan transfer bo'yicha muzokara o'tkazadi.

Avvalroq, madridliklar hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida ekanligi va asosiy nomzodlar orasida Xoland bilan birga Xarri Keyn va Kilian Mbappe borligi xabar berilgandi.

Breaking News: Rayola va Xolandning otasi Barselonaga keldi. Ularni aeroportda Laportaning odami kutib oldi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano