"Uni tariflashga til ojiz". Xavi "Barselona"ning 17 yoshli himoyachisidan mamnun

Sherzod Nurmatov
12 apr 2024, 12:36
Mutaxassis futbolchiga yuqori baho berdi.

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes himoyachi Pau Kubarsining o'yinidan mamnunligini bildirdi.

"Pau Kubarsi – ajoyib o'yinchi. Jahon darajasidagi futbolchi. 17 yoshli futbolchining bunday o'ynashi oddiy narsa emas! Uni tariflashga til ojiz. Pau aql bovar qilmas darajada. Kubarsi kattalar darajasida o'ynaydi. Bu jinnilik!", – dedi mutaxassis.



Kubarsi 2018 yildan beri "Barselona" tizimida. 17 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano