

Kataloniyaliklar ikki o'yin natijasiga ko'ra (0:2, 2:1) madridliklarga imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashishdi.
"Menimcha, bunday turnirlarda doim ozgina omad kerak bo'ladi. Hammasi biz xohlagandek bo'lmagani aniq. Barcha aybni hakamlarga ag'darmoqchi emasman, lekin bazi g'alati qarorlarni tushunish qiyin.
Qoidalar shunday ishlaydi. Odatda biz adolatsizlikka boshqalardan ko'ra ko'proq duch kelamiz. Futbolda bunday voqealar bo'lib turadi. 0:2 hisobida yutqazayotgan paytimizda ham g'alabaga ishongandik. Bu biz uchun og'ir zarba bo'ldi. Jamoa juda yaxshi o'ynadi. Tajribamiz kamligiga qaramay, biz kuchga to'lyapmiz va bunday darajadagi o'yinlarga ko'nikishimiz kerak.
Endi bor e'tiborni chempionatga qaratamiz. Hammasi reja bo'yicha ketmoqda, ammo maqsadga qancha tez erishsak, shuncha yaxshi. "Atletiko"ga mag'lub bo'lish og'ir, bu holat biz bilan Kubokda ham sodir bo'lgandi. Voqealar bunday tus olganidan afsusdaman, lekin bu biz o'tkazayotgan ajoyib mavsumga soya solmaydi", - dedi Garsiya.



