"Tottenxem" Vikarioga narx qo'ydi

Sherzod Nurmatov
24 fev 2026
"L’Interista" nashrining yozishicha, "Tottenxem" 29 yoshli italiyalik darvozabon Gilelmo Vikarioni sotish uchun 25 mln evro talab qiladi.

Darvozabonga asosiy davogar - "Inter". Milanliklar Vikario 37 yoshli Yan Zommerga o'rinbosar bo'la oladi deb hisoblamoqda.

Gilelmo Vikario 2023 yilda "Empoli"dan "Tottenxem"ga o'tgan. Bu mavsumda u klub safida 36 o'yin o'tkazib, shulardan 13 tasida darvozasini daxlsiz saqladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Interista