Temurxo'ja Abduxoliqovning sobiq ustozi Lacio bosh murabbiyi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2024
Kuni kecha Mauricio Sarri Rim klubini tark etgandi.

Marsel klubi sobiq ustozi Igor Tudor Lacioda ish boshlaydi. Xorvatiyalik murabbiy Rim klubi bilan 2025 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.

Klub Tudorni tez orada rasman tanishtiradi.

Ma'lumot uchun, Igor Tudor 2013-2015 yillarda o'zbekistonlik hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov bilan "Xayduk" klubida birga ishlagan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano