Rasman: Temurxo'ja Abduxoliqov yana "Lokomotiv"da o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"4 mavsumlik tanaffusdan keyin Temurxo'ja Abduxoliqov "Lokomotiv"ga qaytdi.

Klubimiz tarixida eng ko'p gol urgan afsonaviy futbolchilarimizdan biri Temurxo'ja Abduxoliqov bunga qadar "Loko" uchun 161 o'yinda qatnashib, 79 gol va 10 assist qayd etgan", – deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.

O'tgan mavsumda "Bunyodkor" tarkibida harakat qilgan hujumchi 25 o'yinda 8 ta gol va 3 ta assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати