Temurxo'ja Abduxoliqov: "Yoshi o'tib qoldi deyishmoqda, ammo..."

Sherzod Nurmatov
12 fev 2026
"Lokomotiv"ga qaytgan Temurxo'ja Abduxoliqov Antaliyadagi yig'in doirasida saytimizga intervyu berdi.

"Bunday yig'inlar yangilik emas. Har yili Antaliyada yig'ilamiz. Deyarli har kun o'yin o'tkazyapmiz. Nazorat uchrashuvlari orqali taktik, texnik va jismoniy holatimizni yaxshilab olishga harakat qilyapmiz", – dedi futbolchi yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rilayotgani haqida. 

- Jamoa qanchalik mavsumga tayyor? 

- Har bir uchrashuvda maksimal raqobatbardosh bo'lishga intilamiz. Nazorat o'yinlari bilan Superliga bahslarining farqi katta. Hayajon va bosim bo'ladi.

- Yangi futbolchilar jamoaga qanchalik kirishib kyetishdi?

- Ko'p futbolchilar bilan avvallari birga to'p tepganman. Yosh futbolchilar bilan bir-birimizni tushunib olsak bo'lgani.

- "Lokomotiv" o'z safiga faqat yoshi katta futbolchilarni yig'ib oldi degan fikrlar yangramoqda. Ushbu fikrlarga qanday munosabat bildirasiz?

- Tarkibda yoshlar ham ko'p. Yoshi o'tib qoldi deyishmoqda, ammo barchasini maydonda isbotlaymiz.

- Nega yana "Lokomotiv"ga qaytishga qaror qildingiz?

- Takliflar ichidagi eng maquli shu bo'ldi. Futbol muxlislarimizni yangi mavsumda stadionlarga chorlab qolamiz. Sizlar bilan futbol qiziqroq.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia