Superliga. "Navbahor" "Mashal"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
3 apr 2026
Superliga 5-turidan joy olgan bellashuv yakunlandi.

Superliga

5-tur

"Navbahor" – "Mashal" 2:1

Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 19:00

Bosh hakam: Rustam Choriev

Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshid Bakirov

Zaxira hakami: Nikita Mustafin

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: 1:0 – 37, Diyor Xolmatov (Muhammadali Usmonov), 2:0 – 42, Muhammadali Usmonov (Umar Adhamzoda), 2:1 – 61, Vlatko Stoyanovski

🟦"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 2. Saidazamat Mirsaidov (70. Abbosjon G'ulomov, 90+3), 4. Islombek Mamatkazin, 7. Ruslanbek Jiyanov, 8. Diyor Xolmatov (20. Quvondiq Ro'ziev, 90+3), 9. Zabihillo O'rinboev (28. Kati Katulondi, 57), 10. Shohmalik Komilov (97. Aleks Nassimento Fernandes, 63), 13. Opeyemi Teidi Benjamin, 22. Umar Adhamzoda, 34. Giorgi Jgerenaya, 77. Muhammadali Usmonov (23. Vanya Ilich, 63)

Zaxira: 16. Shukron Yo'ldoshev, 3. Zafarbek Rahimjonov, 6. Shohruhbek Abdurahmonov, 18. Isoxon Musoxonov.

🟥"Mashal": 1. Azamat Soyibov, 7. Vlatko Stoyanovski (97. Avgustin Chidi Kvem, 80), 8. Sardor Abduraimov (18. Ilhomjon Abdig'aniev, 46), 10. Humoyun Murtozaev (13. Nuriddin Nuridinov, 70), 14. Abdul Rashid Abubakar (5. Samandar Ochilov, 70), 15. Muhammadali Aliqulov, 22. Nurjahon Muzaffarov, 34. Shahboz Jo'raev (28. Ergash Ismailov, 82), 37. Sherzod Fayziev, 45. Suhrobjon Parmonqulov (4. Asadbek Xabibullaev, 82), 69. Roman Xadjiev.

Zaxira: 35. Dostonbek To'xtaboev, 3. Asan Vaniev, 99. Viashima Rapayel Ayagva.

Ogohlantirishlar: Muhammadali Aliqulov (53), Abdul Rashid Abubakar (61), Shahboz Jo'raev (65), Islombek Mamatkazin (78), Kati Katulondi (90+4)

O'yin yakunlandi.

90+4. Kati ogohlantirildi.

90+3. “Navbahor”da ikki o'zgarish.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

88. Fernandesning uzoqdan chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq.

83. Jiyanovning kuchli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

82. “Mashal”da ikki o'zgarish.

80. Suhrobjon Parmonqulov jarohat oldi.

78. Mamatkazin qo'pollik uchun ogohlantirildi.

76. Zarba! Xolmatovning ikki uzatmasidan so'ng ikki marta bosh bilan zarba yo'lladi, "Mashal" darvozaboni yana o'zini ko'rsatdi.

74. “Navbahor” hujumi zarba bilan yakunlandi. Darvozabon to'pni qaytardi.

71. Xavfli vaziyat! Fernandes va Jiyanov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgandi, ammo braziliyalikning pasiga jamoadoshi eta olmadi.

70. “Mashal”da ikki o'zgarish.

69. Zarba! Fernandesning zarbasi darvoza ustunidan qaytdi.

65. Jo'raev ogohlantirildi.

63. “Navbahor”da ikki o'zgarish.

61. Abubakar qo'pollik uchun ogohlantirildi.

61. GOL! "Mashal" joriy mavsumdagi ilk golini urdi! Vlatko Stoyanovski raqib jarima maydonida yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalandi.

57. “Navbahor”da o'zgarish.

54. O'rinboev to'p uchun kurashda darvoza ustuniga borib urildi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

🟨53. Aliqulov hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

49. Komilovning zarbasi kuchli, ammo noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. “Mashal”da o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

⚽️42. GOL! "Navbahor" hisobdagi farqni oshirdi! Adhamzodaning superuzatmasidan so'ng darvoza tomon yo'nalish olgan to'pni birinchi golga pas bergan Usmonov tasdiq ishorasini qo'ydi!

⚽️37. GOL! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Xolmatov bo'sh qolgan darvozaga kiritdi! Himoyachilar to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi.

IMG_20260403_194100.jpg

35. Mirsaidov raqib sovg'a qilgan to'pni darvozabon bilan birga-bir vaziyatda darvozaga aniq yo'llay olmadi.

33.”Navbahor” standart vaziyat ishladi. Komilovning uzatmasini himoyachilar qaytardi.

28. Xolmatovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq.

24. Jiyanov raqib jarima maydonida sheriklariga pas uzatdi, ammo hech kim eta olmadi.

23.Adhamzoda raqib jarima maydonida bir raqibini aldab o'tib, o'ng oqda kuchli zarba yo'lladi, zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

20. Adhamzodaning chap qanotdan uzatmasiga sherigi eta olmadi.

❌15. "Mashal" joriy mavsumdagi ilk golini urgandi, ammo ofsayd sababli inobatga olinmadi. Murtozaev raqib himoyachisidan oldinlab ketgandi.

14. “Navbahor”ning burchak uzatmasi noaniq zarba bilan yakunlandi.

8. Markazda ikki jamoa futbolchilari to'qnashdi.

4. Jiyanovning chap qanotdan uzatmasini Fayziev bartaraf etdi.

1. O'yin boshlandi.

1000125924.jpg1000125925.jpg

Jamoalar maydonga chiqishdi. “Navbahor” ko'k, “Mashal” qizil liboslarda harakat qiladi.

O'yin 19:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia