Sunnatulloh Hamidjonov: "Bu hali "Surxon" sovg'alarining boshlanishi"

Iskandarov Abdulaziz
22 apr 2023, 08:00
"Surxon" futbolchisi Sunnatulloh Hamidjonov "Bunyodkor" (1:0) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Barchani xayit bayrami bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, raqib hali Superligada mag'lubiyatga uchramagandi. Yuqori o'rindagi jamoa edi. Bir kishi kam bo'lib o'ynasakda yakunda g'alaba qozondik. Asadbekni o'rniga ham ikki hissa kuch bilan harakat qildik, deya olaman. 

Futbolda birinchi o'rinda ishtiyoq va xohish bo'lishi kerak. Qolgan barchasi o'xshaydi. Bu hali endi boshlanishi. "Surxon"ning syurprizlari yana davom etadi. Har bir o'yinda kutilmagan sovg'alar qila olamiz",- deydi Sunnatulloh Hamidjonov. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia