Sherzod Temirov "Persepolis" bilan xayrlashdi

Оқил Абдубарноев
31 iyul 2022
"Persepolis" klubining o'zbekistonlik hujumchisi Sherzod Temirov Eron jamoasi bilan xayrlashdi.

O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Instagram sahifasi orqali klubi bilan xayrlashayotganini ma'lum qilgan holda jamoaga omad tiladi hamda klub muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi fevral oyida Eron klubi bilan shartnoma imzolagandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/_temirov10_