

Himoyachi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida birinchi va so'nggi o'yinlaridan surat joylab: "Birinchi va so'nggisi", - deb yozib qoldirgan.
27 yoshli futbolchi "Nasaf" akademiyasidan chiqqan. U asosiy jamoada 2017 yildan beri harakat qiladi. Qarshiliklar safida Nasrullaev jami 200 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 35 ta assist qayd etgan.
Avvalroq, Sherzodning yangi jamoasi "Paxtakor" bo'lishi haqida xabarlar tarqalgandi.




