

Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Tajribali chap qanot himoyachisi faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradi. U bilan klubimiz o'rtasida ikki yillik shartnoma tuzildi. Ayni paytgacha Sherzod Superligada 147 bellashuvda 10 gol va 25 golli uzatma sohibi bo'lgan. Osiyodagi klublar ishtirokida xalqaro turnirlarda 27 bahsda ishtirok etgan", – deyiladi xabarda.





