

Uchrashuvda yangi mavsumga tayyorgarlik, amalga oshirilgan ishlar, tashkiliy masalalar haqida so'z bordi. Tadbir yakunida jamoaga qo'shilgan futbolchilarga yangi mavsum uchun liboslar topshirildi.
Tadbir yakunida yangi mavsum avvalida jamoa safiga kelib qo'shilgan futbolchilar – Doniyor Abdumannopov, Shohruh Abdurahmonov, Amal Uvraimov, Ahmadjon Anvarov, legionerlar Igor Ivanovich, Aleksey Nosko, Viktor Sotnikauga yangi mavsum liboslari topshirildi. Unga ko'ra, ushbu futbolchilar 2023 yilgi mavsumda quyidagi raqamlarda to'p suradi:
Doniyor Abdumannopov – 33
Shohruh Abdurahmonov – 8
Amal Uvraimov – 21
Ahmadjon Anvarov – 14
Igor Ivanovich – 11
Aleksey Nosko – 2
Viktor Sotnikau – 17
















