Semedu "Liverpul"ga o'tishi mumkin

Alisher
14 noya 2020, 11:54
"Olimpiakos" himoyachisi Ruben Semedu "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Angliya klubi markaziy himoyachilar Virjil Van Deyk va Jo Gomesning jarohatidan so'ng mudofaa chizig'i uchun o'yinchi qidirmoqda.

"Olimpiakos" 26 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 20 million evro talab qilmoqda.

Semeduning Gretsiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/choria80