"Santos" prezidenti: "Gabigol jamoamizga qaytmoqchi"

Aslanov Jasurbek
1 fev 2017, 11:46
"Inter" hujumchisi Gabriel Barboza Milan klubi tarkibini tark etmoqchi.

Bu haqda "Santos" prezidenti Modesto Roma ma'lum qildi. Gabigol Italiya grandiga o'tishdan oldin Braziliya klubi sharafini himoya qilgan.

"Futbolchilar bizda o'ynashni istashmoqda, ular shu yerda o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. Gabigol bizga aytgan yagona narsa - xafaligidir. Yevropada u o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lmayapti va "Santos"ga qaytmoqchi" - deydi Roma.

Gabigol 2016 yilning yozida "Inter"ga o'tgan edi. Hozirgacha u bor-yo'g'i 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fox Sports