

Bu haqda ESPN yozmoqda.
Chorshanba, 22 aprel kuni 16 yoshli futbolchi "Arsenal" U-18'ning "Blekbern"ga qarshi o'yinida maydonga tushdi. U 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv londonliklarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Gabrielning otasi "Arsenal", "Everton", "Real Sosedad", "Reynjers", PSJ va "Barselona" jamoalarida o'ynagan. Mikel Arteta 2019 yildan beri "kanonirlar" asosiy jamoasi murabbiyi bo'lib ishlaydi.



